Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliy gvardiya tog‘da yashiringan «terroristik guruh»ni qo‘lga oldi (foto)

Milliy gvardiya tog‘da yashiringan «terroristik guruh»ni qo‘lga oldi (foto)

Foto: @milliygvardiyauz_official

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining aholini turli vaziyatlarda terroristik va ekstremistik tahdidlardan himoya qilishi, aniq va tezkor harakatlanish ko‘nikmalarini oshirib borishi maqsadida murakkab tog‘ sharoitlarida ham o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Surxondaryo viloyatidagi Milliy gvardiya bo‘linmalaridan birida hafta davomida olib borilayotgan ana shunday o‘quvlar real holatga yaqinlashtirilganligi alohida ahamiyat kasb etib, harbiy xizmatchilarni ruhan toblaydi, jismonan va aqlan kamolga yetkazadi, deyiladi xabarda.

Respublikamiz bo‘ylab turli xil sharoitlarda doimiy ravishda o‘tkazib kelinayotgan o‘quv-taktik mashg‘ulotlar shu maqsadga qaratilgan. Bu mashg‘ulotlar dovyurak o‘g‘lonlarning jangovar qobiliyatini oshirib, amalda o‘zlariga bo‘lgan ishonchi ortishiga va sergak bo‘lishlariga asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring