Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB ichimlik suvi tarmoqlarini uzib qo‘yish huquqiga ham ega bo‘ldi

MIB ichimlik suvi tarmoqlarini uzib qo‘yish huquqiga ham ega bo‘ldi

Foto: MIB

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi hamda Iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Unga ko‘ra:

Majburiy ijro byurosi elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda ichimlik suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari tashkilotlari bilan ham o‘zaro hamkorlik qiladi.

Ichimlik suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari tashkilotlari har oyning 11 sanasidan boshlab har kuni Byuroning tuman (shahar) bo‘limlariga suv ta’minoti hamda ko‘rsatilgan suv chiqarish xizmatlari uchun qarzdorligi mavjud bo‘lgan iste’molchilarning elektron reyestrlarini yuboradi.

Iste’molchilarni ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan uzib qo‘yish hamda ularni qayta ulash Byuro yoki Byuroning majburiy talabnomasiga asosan ichimlik suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring