Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Metan zapravka»dagi «o‘yin»lar: kim sherig-u, kim javobgar?

«Metan zapravka»dagi «o‘yin»lar: kim sherig-u, kim javobgar?

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Tabiiy gaz ta’minotida muammolar yetarli. Ayniqsa, qish mavsumida! Muammoning ildizlari ko‘p. Ammo inkor etib bo‘lmaydigani shuki, tizimda talon-torojliklar kam emas. Majburiy ijro byurosi xodimlari ozmuncha talon-torojliklarni aniqlayaptimi?!

Mana, yana bittasi fosh etildi.

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidan ro‘yxatdan o‘tgan Yangiyo‘l tumani «Bog‘obod» MFY M-39 avtomagistral yo‘lida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tag‘in «eski o‘yin» aniqlandi. Ya’ni, «metan zapravka»da o‘rnatilgan «Avtopilot Pro» rusumli (zavod raqami A09DX203) gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir  o‘tkazilib, bundan hosil bo‘lgan «imkoniyat» bilan 21 kun yoki 504 soat davomida urra solib «ishlangan». Bu vaqt davomida 1.008.000 m3 tabiiy gaz sarflanib, undan yetgan zarar 1 mlrd. 8 mln. so‘mni tashkil etadi.

E’tibor bering, bu yigirma bir kun nari-berisida, yana deng bitta «gaz zapravkasi» yetkazgan zarar?!

Ayni holatda jinoyat alomatlari mavjudligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan «ish» qo‘zg‘atildi. Tashqi ta’sirlarda gaz to‘ldirish shoaxobchalari mas’ullaridan tashqari «Hududgaz Toshkent» mutasaddilarining «hissa»si borligi ehtimolidan kelib chiqib, ularga nisbatan ham jinoyat ishi ochildi.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan ekan, aybdorlar tegishli javobgarlikka tortilishi, yetkazilgan zararlar tiyin-tiyinigacha undirilishiga ko‘pam shubha yo‘q. Biroq talon-torojliklar oqibatida aholiga yetayotgan moddiy va ma’naviy zararlar-chi?

Ular qanday qoplanadi?!

Masalaning og‘riqli jihati shunda!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring