Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Menga «hurmatli» deya murojaat qilmanglar— Zoyir Mirzayev

Menga «hurmatli» deya murojaat qilmanglar— Zoyir Mirzayev

Bugun Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev raisligida videoselektor tarzida ilk «hokimlik soati» o‘tkazildi. Unda viloyatning 22 ta tuman-shaharlari sektor rahbarlari, viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilotlar va ularning hududiy bo‘linmalari boshliqlari, mahalliy kengashlar deputatlari, viloyat faollari ishtirok etgan.

Qayd etilishicha, yig‘ilish avvalida viloyat rahbari Z.Mirzayev boshqaruv siyosatida belgilab olingan eng ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tgan.

Iqtiboslar:

  • Fuqarolar bilan qabulni ko‘chma tartibda olib boramiz. Unda hamma sektor rahbarlari qatnashadi. Soat 14:00 da bo‘ladigan qabulga soat 8:00 da o‘sha murojaatchining sektor rahbari, tegishli tashkilot mutasaddisi uyiga borib, masalasini joyida o‘rganib chiqadi.
  • Qanday toifadagi rahbar bo‘lishidan qat’iy nazar, bilib olsin, faoliyatimizning asosiy mezoni «Inson qadri uchun» tamoyili asosida bo‘ladi. Buni kerak bo‘lsa, stolning ustiga yozib qo‘ying. Yana shuni ham yozib qo‘yinglarki, ishimizda «mayda-chuyda masalaning o‘zi yo‘q».
  • Fuqarolarning murojaatlarini qabul qiladigan telegram-bot tashkil qilamiz. Kerak bo‘lsa, o‘sha fuqaro bilan telefonda o‘zim gaplashaman.
  • Hokimiyatdan har bir chiqayotgan qog‘oz hokimiyatning yuzi. Davlat tili bo‘yicha hokimiyat hujjatlarini xato yozadigan xodim hokimiyatda ishlashi mumkin emas.
  • Oshkoralik, shaffoflik ko‘pchilikka yoqmaydi, lekin har qanday chiqqan negativga sektor rahbari munosabat berishi shart. Ijtimoiy tarmoqqa kirishni bilmasangiz o‘rganing, rahbar zamondan orqada qolishi mumkinmas.
  • Oldindan kelishib olaylik, menga «hurmatli» deya murojaat qilmanglar.
  • Nimaga ayrim hokimlar bloger, jurnalistlar uchun yopiq?! Press-tur o‘tkazib, jurnalistlar yonida yurib, bajarilayotgan ishlarni ko‘rsatinglar. Yomonini ham ko‘rsataylik, yomoni ham o‘zimizniki.
  • Daraxt ekaveramiz, lekin uning ko‘karib chiqishichi?
  • Viloyatimiz tuman-shaharlaridagi tahririyatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorman. Gazetalar bizga kerak. Hududiy tahririyatlardagi jurnalistlar tajribasini qadrlanglar, qo‘llab-quvvatlanglar. Bu bo‘yicha mutasaddilardan aniq takliflar kutamiz.

Yig‘ilish yakunida viloyat hokimi sektor rahbarlari va viloyat mutasaddilariga bir qancha topshiriqlar berib, selektorni yakunladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring