Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Men professional jurnalistlarni hamisha qo‘llab-quvvatlashga tayyorman» — Shavkat Mirziyoyev (video)

«Men professional jurnalistlarni hamisha qo‘llab-quvvatlashga tayyorman» — Shavkat Mirziyoyev (video)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi yakunida O‘zbekistonda so‘z erkinligini ta’minlash masalasiga ham to‘xtaldi.

«Shu o‘rinda, yana bir muhim masalaga alohida e’tiboringizni qaratmoqchiman.

O‘tgan 3 yil mobaynida O‘zbekistonda so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantirish, jurnalist va blogerlarning erkin faoliyat yuritishi va ijod qilishlari uchun huquqiy asoslar va keng imkoniyatlar yaratildi.

Bundan keyin ham «to‘rtinchi hokimiyat» vakillarining erkin va xolis faoliyat yuritishlari, respublikamizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlarni xalqimiz va xalqaro hamjamiyat uchun ochiq-oydin yoritishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratamiz.

Joylardagi muammo va kamchiliklarni ro‘y-rost ochib berish, ularni haqqoniy yoritishlarida men professional jurnalistlarni hamisha va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorman», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring