Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Men bu oila hayotini kino qildiraman» – Shavkat Mirziyoyev

«Men bu oila hayotini kino qildiraman» – Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

– 80 yillik tarixi bor viloyatning markazi yo‘q edi. O‘zim kelib yaxshi niyatlar bilan Nurafshon deb nom qo‘yganman. 5 yil ichida Toshkent viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun 70 trillion mablag‘ ajratiladi. Rahbarlari to‘g‘ri ishlasa, rivojlantirsa, barcha muammolariga yechim topsa bo‘ladi. Suvi, yeri, tabiiy boyliklari, ko‘pmillatli zabardast xalqi bor, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari Piskentdagi ko‘pmillatli oilani namuna qilib ko‘rsatdi.

– Piskent tumanining «Oqtepa» mahallasida istiqomat qiladigan Jonsaidovlar oilasi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Tojik ota, qozoq onaning yetti nafar kelini – o‘zbek, qozoq, rus, uyg‘ur, gruzin, chechen millatlariga mansub bo‘lib, ular ahil hayot kechirmoqda. Mana sizga bag‘rikenglik namunasi, mana sizga totuvlikning yorqin ifodasi! Men ushbu oilaning hayotini, tajribasini, bag‘rikengligini targ‘ib qilib, kino qildiraman! – dedi prezidentlikka nomzod.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring