Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mehribon yurak» aksiyasi: yurak xastaligiga chalingan bolalar uchun qon topshirildi

«Mehribon yurak» aksiyasi: yurak xastaligiga chalingan bolalar uchun qon topshirildi

Navoiy viloyatida yurak xastaligiga chalingan yoshlarni davolashga qaratilgan «Mehribon yurak» xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Kecha, 23 oktyabr kuni Navoiy shahrida o‘tkazilgan ushbu tadbir viloyat hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamkorliklarida o‘tkazildi.

Shuningdek, aksiya doirasida Navoiy shahrining Islom Karimov ko‘chasi («Farxod» m/s.dan «Yoshlar xiyobonigacha») bo‘ylab motohavaskorlar, harbiy otliqlar ishtirokida «Yurish marafoni» bo‘lib o‘tdi. Undan tashqari tadbirning ilk jarayonida ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etadigan havo sharlari uchrildi va aksiyaga start berildi. Yurish marafonida taniqli sporchimiz Ruslan Nuriddinov ishtirok etdi.

Loyiha doirasida shu kunning o‘zida shahrimizdagi «Yoshlar markazi» foyesida viloyatdagi maktab o‘quvchilari ishtirokida aksiya mazmun mohiyatini aks etgan «Rasmlar tanlovi» o‘tkazildi.

Ko‘ngillilar tomonidan ixtiyoriy ravishda viloyat «Qon quyish» markazida bolajonlarimiz uchun operatsiyalar jarayonida zarur bo‘ladigan qon topshirish jarayoni ham tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan Navoiy va Buxoro shaharlarida jurnalistlar uchun press-tur tashkil etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring