Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Megatanlov g‘oliblari taqdirlandi

Megatanlov g‘oliblari taqdirlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 13-sentyabr kuni Adliya vazirligi binosida «Biz korrupsiyaga qarshimiz» megatanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Ushbu tanlov Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi hamkorligida tashkil etildi.

Qayd etilishicha, tanlovga 5 ta nominatsiya bo‘yicha 70 nafar ishtirokchidan 400 ga yaqin material kelib tushgan. Hakamlar hay’ati ushbu materiallarni tanlov nizomiga muvofiq o‘rganib chiqib quyidagicha baholadi:

«Eng yaxshi jurnalistik material uchun» nominatsiyasi g‘oliblari:

1-o‘rin: Otabek Safarov – Huquqiy ma’lumotlar bilan to‘g‘ri ishlangan va o‘ziga xos uslubda yozilgan «Qayerda bo‘lsa ham... Qancha bo‘lsa ham... Kimdan bo‘lsa ham» materiali uchun;

2-o‘rin: Marusa Hosilova – Korrupsiyaning sabab va oqibatlarini ochib berishga qaratilgan «Beshikdan to qabrgacha... yoki korrupsiya «pillapoya»lari», «Hech qachon ochilmaydigan jinoyatlar yoxud yopig‘liq  qozonlar qachon ochiladi? » kabi turkum materiallari uchun;

3-o‘rin: Ortiqboy Kurambayev – Korrupsiyaga qarshi kurashishni yoritishda yangicha yondashuvi – «Yigit omon bo‘lsa» essesi uchun.

Eng yaxshi blogpost uchun» nominatsiyasi g‘oliblari:

1-o‘rin: To‘lqin Eshbekov  – Mavzuga yondashishda uzoq yillik tajribaga tayanilgani hamda korrupsiya holatlarini bartaraf etishda samarali takliflar bilan chiqilgani jihatdan «Qoch, korrupsioner kelyapti» blogposti uchun;

2-o‘rin: Nargiza Yunusova – «Befarq bo‘lmang! Siz qay birini tanlaysiz?», «Korrupsiyani tugatish uchun bizga nima to‘sqinlik qiladi?» blogpostlari orqali korrupsiya manzaralarini keng jamoatchilikka sodda va tushunarli ochib berganligi uchun;

3-o‘rin: Azizbek Vafoyev – Korrupsiyaning jamiyat ravnaqiga, yetuk kadrlar shakllanishiga salbiy ta’siri bo‘yicha kuzatuvlar aks etgan «Talaba va rektor suhbati» materiali uchun.

«Eng yaxshi yumoristik asar (karikatura, hajviya va hokazo) uchun» nominatsiyasi g‘oliblari:

1-o‘rin: Jahongir Ismoilov  – Poraxo‘rlik, firibgarlik, ta’magirlik, qonunni mensimaslik kabi illatlar qalamga olingan hamda o‘ziga xos shakl va uslubda aks ettirilgan hajviy hikoyalar to‘plami uchun;

2-o‘rin: Bobur Rasulov – Korrupsiya oqibatlari ta’sirchan va tushunarli talqin qilingan turkum karikaturalari uchun;

3-o‘rin: Feruza Rahmonqulova – Materialning til va uslub jihatdan o‘qishliligi bilan «Men pora olmayman! » hajviyasi uchun.

«Eng yaxshi videorolik ssenariysi uchun» nominatsiyasi g‘oliblari:

1-o‘rin: Shokir Holiqov – Holatni ifodalashda badiiy yuksak, ta’sirchan yondashilgani jihatdan «Korrupsiya bo‘lmaganida hammasi boshqacha bo‘lardi! » ssenariysi uchun;

2-o‘rin: Nurmuhammad Jumag‘ulov – Kelajak avlodni yomon illatdan himoyalashga, ularni asrab-avaylashga qaratilgan «Kichkinaga katta tarbiya» turkum ssenariylari uchun;

3-o‘rin: Ne’matjon Atamuratov – Voqeliklar qiyosan talqin etilgan «Kelajagingni korrupsiyaga almashtirma!» ssenariysi uchun.

«Eng yaxshi flayer, buklet, banner, plakat uchun» nominatsiyasi g‘oliblari:

1-o‘rin: Jasurbek Tojiboyev – Dizayn va ma’lumotlar uyg‘unligi jihatdan «Farzandlaringiz quvonchini poraga almashtirmang!» flayer, buklet, banner namunalari uchun;

2-o‘rin: Asliddin Abduvoitov – Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashishni targ‘ib qiluvchi plakat (rassomlik ishi) uchun;

3-o‘rin: Bekzod  Usanov – «Biz korrupsiyaga qarshimiz!» flayer, buklet, banner namunalari uchun.

Tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblar quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin – Samsung Galaxy S10;
  • 2-o‘rin – Notebook;
  • 3-o‘rin – televizor.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring