Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Maxsustrans» chiqindilarni qayta ishlashda Qarag‘anda bilan hamkorlik boshladi

«Maxsustrans» chiqindilarni qayta ishlashda Qarag‘anda bilan hamkorlik boshladi

Qarag‘andida chiqindi yig‘ish maydonlarini tashkil etishda bizning tajribamizdan foydalanildi.

Sinov loyiha tariqasida «Maxsustrans IChB» DUK yordami bilan Qarag‘andaning Mayquduq tumanida Toshkentda qurilgan andoza asosida 20 ta maxsus chiqindi yig‘ish maydonlari tashkil etilgan.

Ushbu maydonlar to‘silgan, zarur kommunikatsiyalarga ulangan, yoritilgan bo‘lib, unga maishiy, plastik va boshqa turdagi chiqindilarni yig‘ish uchun bir necha qutilar joylashtirilgan. Bungacha Qarag‘andada konteynerlar bunday maxsus joylarda bo‘lmagan.

Hajmi 750 litr bo‘lgan chiqindi qutilarining ba’zilari metal to‘rli bo‘lsa, boshqalari to‘rtburchak shaklda, ko‘rinishi jihatdan ham bir-biridan farq qiladi. Ularda jamlangan chiqindilarni maxsus yuk mashinalari belgilangan poligonga olib borib tashlaydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra, aholining maxsus chiqindi yig‘ish maydonlariga ko‘nikish jarayoni qiyin kechmoqda. Ba’zilar esa hali ham chiqindilarni ko‘chalardagi alohida qutilarga tashlamoqda.

Shuni ham qayd etish kerakki, Qarag‘andada chiqindilarni saralangan holda yig‘ish tajribasi avvaldan yo‘lga qo‘yilgan. U yerda aholi qog‘oz, plastmassa va boshqa chiqindilarni ajratgan holda qutilarga tashlaydi. Qog‘oz va plastmassa chiqindilari qayta ishlash uchun Moskvaga yuboriladi.

Boshqa turdagi chiqindilar esa shahardan 15 km. masofada joylashgan chiqindi poligoniga olib boriladi.

«Maxsustrans IChB» DUK o‘z navbatida, chiqindilarni birlamchi saralash bo‘yicha Qarag‘anda tajribasini o‘rganmoqda va Yakkasaroy tumanida bu boradagi sinov loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring