Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV kriminalist ekspertlari uchun maxsus kiyimlar tayyorlandi

IIV kriminalist ekspertlari uchun maxsus kiyimlar tayyorlandi

Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi 2019-yil mart oyida ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika bo‘linmalari xodimlarini hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida va laboratoriya sharoitida foydalanishi uchun maxsus kiyimlar bilan ta’minlash haqida takliflar tayyorlagan.

Jumladan, asosan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar (murdalar, inson tanasi bo‘laklari va suyak qoldiqlari, qon dog‘lari va boshqa biologik ashyoviy dalillarni olish bilan bog‘liq) hodisa joylarini ko‘zdan kechirishda kombinezon, nafas olish a’zolarini himoyalovchi niqob (respirator), ko‘zni himoyalovchi plastik ko‘zoynak, rezina qo‘lqop (jarrohlikka oid), poyafzal uchun baxilalardan iborat maxsus kiyimini joriy etish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan.

Bu kiyimlar:

  • ekspert-kriminalistning o‘zidan soch tolasi yoki mikrozarracha kabi ashyolar qolishining oldini olish;
  • jinoyatga aloqador DNK namunasi;
  • poyafzal izlari;
  • qo‘l-barmoq izlari;
  • mikrozarracha va biologik turdagi olinadigan ashyoviy dalillar tozaligini ta’minlash maqsadida ishlatiladi.

Shuningdek, taklif etilayotgan suv o‘tkazmaydigan matodan tayyorlangan yengil kurtka ochiq joyda ishlayotgan mutaxassisni namgarchilik ob-havodan saqlaydi. Yukni yengillashtiruvchi nimcha va bosh kiyimi turli xildagi asboblarni, ya’ni cho‘tka, qaychi, valik, skotch va boshqalarni qo‘llash bilan bog‘liq hodisa joyini ko‘zdan kechirishda qulaylik yaratadi.

Yengil kurtka va nimchadagi nur qaytaruvchi tasma mutaxassisni tungi vaqtda o‘tkaziladigan ko‘zdan kechirishda xavfdan saqlaydi.

Baland qo‘njli rezina etikdan botqoqli dala hududlari, yong‘in sodir bo‘lgan ob’yektlar, elektr toki shikast yetkazish xavfi mavjud bo‘lgan joylar, loy-ko‘lmakli podvallar va boshqa zaruriyat joylarni ko‘zdan kechirishda foydalaniladi. Laboratoriya sharoitida foydalaniladigan xalat va shim mutaxassisga tadqiqotlar o‘tkazish jarayonida qulayliklar yaratadi.

Ushbu maxsus kiyimlar joriy yilning bahor oylarida Toshkent shahar IIBB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari tomonidan sinovdan o‘tkazilgan va kiritilgan takliflarga asosan yanada mukammallashtirilgan.

Ayni vaqtda maxsus kiyimlar Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Ekspert-kriminalistika bo‘linmasi xodimlari tomonidan sinov tariqasida foydalanilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring