Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktablarga DXM orqali qabul qilish tartibiga batafsil izoh berildi

Maktablarga DXM orqali qabul qilish tartibiga batafsil izoh berildi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati

2019-yilning 10-iyun kuni Davlat xizmatlari agentligi tomonidan bolalarni davlat maktablariga qabul qilish va oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish tartibidagi yangiliklarga bag‘ishlangan brifing tashkil etildi.

Tadbirda Davlat xizmatlari agentligi, Xalq ta’limi va oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Davlat test markazi mas’ullari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Ta’kidlanishicha, 2019-2020 o‘quv yili uchun bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga 1-sinfga qabul qilish 2019-yil 15-iyundan boshlab Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Tasdiqlangan ma’muriy reglamentga asosan, reglament talablari quyidagi umumta’lim muassasalariga nisbatan qo‘llaniladi:

- boshlang‘ich maktab;
- umumiy o‘rta ta’lim maktabi;
- ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab (ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari va maktab-internatlariga, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari bundan mustasno).

Qabul kvotasi asosiy va qo‘shimcha kvota asosiy va qo‘shimcha kvota turlariga ajratiladi.

Asosiy kvota — tuman (shahar) hokimliklari tomonidan umumta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning farzandlari, otasi yoki onasi I guruh nogironi bo‘lgan hamda yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sonini (keyingi o‘rinlarda asosiy kvota deb ataladi) inobatga olgan holda shakllantiriladi;

Qo‘shimcha kvota — umumta’lim muassasalarining imkoniyatidan kelib chiqib, mikrohududdan tashqarida istiqomat qilayotgan maktab yoshidagi, mikrohudud va mikrohududdan tashqari maktab yoshiga yetmagan (tegishli yilning 1 sentyabriga qadar 6 yoshga to‘ladigan), shuningdek, umumta’lim muassasalarida ta’lim berish tili bo‘yicha boshlang‘ich bilim (muloqot qilish) ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan bolalar uchun ajratiladi.

Bolalarni umumta’lim muassasalariga asosiy kvota bo‘yicha qabul har yili 15 iyundan 31 avgustga qadar amalga oshiriladi.

Umumta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha tegishli yilning 31 dekabriga qadar 7 yoshga to‘ladigan bolalar qabul qilinadi.

Bolalarni umumta’lim muassasalariga qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabul har yili 15 iyundan 31 avgustga qadar amalga oshiriladi.

Bolalarni davlat maktablariga qabul qilishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilingan maxsus onlayn platforma ishlab chiqiladi. Platformada umumta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududdagi ko‘p qavatli uy va ko‘cha nomlari, maktab yoshidagi bolalar soni, 1-sinfga qabul rejasi, qabul qilingan bolalar soni va bo‘sh o‘rinlarni mavjudligi ko‘rsatiladi.

Ariza beruvchilar davlat maktablariga yo‘llanma bilan murojaat qiladi. Yo‘llanma olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida (yo‘llanma bilan birga) umumta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
 - bolaning sog‘ligi to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma;
 - bolaning 3,5x4,5 sm o‘lchamli 4 dona rangli fotosurati;
 - ota-ona pasport nushasi;
 - bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi.

Qayd etilganidek, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab mas’ul komissiya tomonidan belgilanadigan davlat oliy ta’lim muassasalariga bakalavriatga hujjat topshirishuchun abituriyentlarni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan.

Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan (nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etish uchun eng kam ish haqining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish belgilanmagan davlat OTMga hujjat topshirish Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan tartib bo‘yicha amalga oshiriladi.
Abituriyentlar o‘zlarining doimiy (vaqtincha) ro‘yxatda turgan joyidan qat’iy nazar, istalgan Markazga murojaat qilishi mumkin.

OTMlarga o‘qishga kirish uchun hujjat har yili 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham) ko‘rsatiladi.

DXM xodimiga qo‘yidagi hujjatlar asl nusxasi taqdim etiladi:
- fuqarolik pasporti;
- pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
- umumiy щrta ta’lim (11-sinf), yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);
- imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat.

Hujjatlar asosida xodim kerakli ma’lumotlarni elektron tizimga kiritgach, ularni abituriyentga qaytaradi. Ya’ni hujjatlar markazda qolmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring