Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Lotereyasiga million dollar chiqqan kishi o‘z joniga qasd qildi

Lotereyasiga million dollar chiqqan kishi o‘z joniga qasd qildi

Foto: «Ura.news»

Tailand fuqarosi Jiravut Pongfan lotereyasiga 1,3 mln. dollar yutib oldi va buni oilasi va do‘stlari davrasida nishonladi, deb xabar berdi «Life.ru». Ammo bazm tugagach, lotereya chiptasini hech yerdan topa olmadi, qidirmagan joyi qolmadi va oxiri umidsizlikdan joniga qasd qildi...

Tanishlarining aytishicha, u lotereyada yutganidan juda baxtli edi, hatto yangi moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib kelajak rejalarini ham tuzib qo‘ygandi, shu bois chiptani yo‘qotish unga qattiq ta’sir qilgani aniq.

Pongfan yutish imkoniyatini oshirish uchun raqamlari o‘xshash yettita chipta xarid qilgan va bu ish bergandi. Chiptalari qayoqqa yo‘qolgani hozircha noma’lum, politsiya surishtiruvni boshlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring