Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

LGBT — hayvon ham hazar qiladigan shahvoniyat!

LGBT — hayvon ham hazar qiladigan shahvoniyat!

Foto: AQSh elchixonasi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga bir jinsli nikohni targ‘ib etuvchi videorolik joylagani o‘zbek jamoatchiligini haqli noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Unda o‘zbekcha kiynib olgan ayol o‘zbek tilida chiroyli gapirib, «Samarqandning go‘zali» qo‘shig‘ini ona tilimizda kuylaydi. Buning nimasi yomon? Yomoni shundaki, o‘z tilimizda kuylab, hammaning e’tiborini jalb qilishga harakat qilgan ayol... «uylangan» va «xotini» bor! Rolikda «o‘zlarining» bayrog‘i va «xotini» bilan tushgan suratni ko‘rsatib, «o‘zlarining bayrami» bilan hammani (jumladan o‘zbeklarni ham) tabriklaydi!

Ushbu rolik mahalliy xalqning diniy e’tiqodi va qonunlariga tamomila zid ekani e’tiboridan uni «fitna» deya baholab, AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi buning uzr so‘rashi shart, deydi G.A’zamova.

Taniqli islomshunos va noshir Mubashshir Ahmad shunday munosabat bildiradi: «Keyingi kunlarda LGBT targ‘iboti sezilarli kuchaydi. AQShning Rossiya va Ukrainadagi elchixonalarida Amerika bayrog‘i yonida «jinsiy xastalar»ning bayroqlari ilindi, O‘zbekistondagi elchixona sahifasida ham shunga o‘xshash provokatsiya qilindi, qator mamlakatlarda «ranglilar»ning marshi, Euronews'da esa ularning huquqlari haqida qator axborotlar berilyapti. 

G‘arbliklar o‘zlarida, to‘shakda bemalol bo‘lgan behayoliklarni, endi sog‘lom xalqlarga tiqishtirish kampaniyasini ochiq boshlashmoqda. Unday uyatsiz nomlardan jirkanmaslik, hayosizliklarga etni o‘ldirish bosqichini muvaffaqiyat-la amalga oshirishmoqda. 

Tabiiyki, musulmon va sog‘lom xalqimiz bunday chirkin ishlardan nafratlanadi. Hayvon ham hazar qiladigan shahvoniyatga g‘azab-la munosabat bildiryapti. Munkarni juda bo‘lmaganda til bilan qaytaryapti. Alloh bunda sobit qilsin!

Bunday nahiy munkarlar bilan birga, bu iflosliklarni yuzaga keltiruvchi omillarni aniqlab, ularni ildizi bilan quritishga harakat qilish kerak. Ularga qarshi yoshlarda immunitet hosil qilish lozim. Axir xastaliklarga qarshi shu yo‘l bilan kurashiladi-da. Masalan, Covid-19 biz uchun yangi kasallik. Unga davo topilguncha, odamlardagi immunitetni kuchaytirish bilan xastalikka qarshi chidamlilikni oshirish uslubi qo‘llab turilibdi. Va bu samarali vosita ekani hammaga ayon. 

Xuddi shunday, gomoseksual xastalikka chalinmaslik uchun xalqning unga qarshi immutitetini oshirish kerak. Bunday vitaminlar ichida eng manfaatli va mustahkami — islom dinining yagona Allohga ishonish, Undan va Qiyomat azobidan qo‘rqish lozimligi ta’limoti, axloqiy normalari va urf-odatlari hisoblanadi. Bu haqiqatni hammamiz bilamiz va ma’lum-noma’lum sabablarga ko‘ra bilmaganga olamiz. Bu to‘g‘ridagi xatolarimiz o‘tdi, Alloh kechirsin! Ammo buyog‘iga Islom haqiqatlaridan yuz o‘girish katta falokat va halokatlarga sabab bo‘ladi. O‘g‘lingizni do‘sti bilan va qizingizni dugonasi bilan to‘shakda ushlab olmay desangiz, ortiq haqiqatdan ko‘z yummang! Bu hokimdan tortib raiyyatgacha, hammamizga tegishli ogohlantiruv!», deydi Mubashshir Ahmad.

AQSh elchixonasi rolik bo‘yicha hali izoh bergani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring