Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kun fotosi: Shavkat Mirziyoyev xonadonida kulchatoy qanday tayyorlanadi

Kun fotosi: Shavkat Mirziyoyev xonadonida kulchatoy qanday tayyorlanadi

Foto: Saida Mirziyoyeva

Prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva yakshanba kunlari butun oila dasturxon atrofida to‘planib, an’anaviy tarzda sevimli taom tayyorlanishi haqida post qoldirdi.

Foto: Saida Mirziyoyeva

«Yakshanba. An’anaga ko‘ra bu kuni sevimli taomlarimizni tayyorlaymiz. Ulardan biri — kulchatoy. Oyijonim ertalabdan xamir qoradilar. Dadajonim boshchiligida butun oilamiz dasturxon atrofiga to‘planib, oyijonim tayyorlagan xamirni taxtakachda kesamiz. Oyijonim esa endigina pishgan masalliqlar – sabzi, no‘xotni uzatib turadilar.

Tayyorlanish usuliga ko‘ra kulchatoy kesma lag‘monni eslatadi», deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring