Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxati tasdiqlandi

Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda. 

Qaror bilan, 78 turdagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxati hamda jinoiy harakatni tasniflashda ushbu moddalarning ko‘p miqdor ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Shuningdek, qaror bilan ushbu ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash ekspert guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tashkilotlar hamda axborot vositalarining kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni sotish hamda ularning noqonuniy muomalasi bo‘yicha axborotini, dori vositalarini notibbiy maqsadlarda iste’mol qilish monitoringi natijalarini ko‘rib chiqish Ekpert guruhining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Ekspert guruhi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring