Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barno Sultonova

Ozodlik qo‘rquvning yuziga tik qaray olishdir.

Kseniya Sobchakka kinoyali ochiq xat

Kseniya Sobchakka kinoyali ochiq xat

Foto: Videolavhadan skrinshot

Kseniya Sobchak! Menga «Facebook»da do‘stlik jo‘natganingda bekor noz qilgan ekanman. Mana endi senga aytmoqchi bo‘lganlarimni qanday yetkazishni bilmay o‘tiribman.

O‘zbekistonga kelib ayollarimizni ko‘rib, bir to‘da olomonni orasiga tushib qoldim deb o‘ylabsan. Oddiy o‘zbek ayollarida. Nima sening shahringda, qishlog‘ingda hamma «tyotya»laring, «babushka»laring ja «sovrimenniy»mi? Agar senga e’tibor bermagani alam qilayotgan bo‘lsa, ayb o‘zingda, qolaversa, ular nega senga anqayib qolishi kerak?

Bilasanmi, agar ularning otasi ham sening otangday boy bo‘lganda, senga yaratilgan sharoitlarday sharoitda yashaganida har biri har yili dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan «Dunyo malikasi» tanlovining g‘olibi bo‘lardi. Agar ular senday kiyinsa, o‘zini senday asrab-avaylasa, eng so‘nggi rusumdagi ko‘zoynaklarni taqsa sen ularning xizmatkorligiga ham yaramay qolarding. Ammo sen ularga o‘xshab tappi qilsang, har kuni ertalab soat to‘rtda turib sigir sog‘sang, bozorga qop orqalab borsang, yer chopsang, 60 ga kirganingda ham agar qaynonang hayot bo‘lsa, kelin bo‘lib qolaversang, bir etak bolani tarbiyalasang kimga o‘xshab qolishingni aytmay qo‘ya qolay.

Xullas, sengamas mening xolalarim, opalarim, enalarimni olomon deb ustidan kulish. Xuddi marsdan tushgan yovvoyidek o‘zingni anqovlikka solib turishingni qara. Bir paytlar o‘zbeklar Pushkinni o‘qimagan degan gaplarni aytgan ekansan. Sen Alisher Navoiyni o‘qiganmisan? Xo‘p, Pushkinni o‘qib go‘r bo‘ldingmi? Qiyshiq dunyoqarashing to‘g‘rilandimi? To‘g‘ri, bizning ayollarimiz Pushkinni, Marina Svetayevani tanimas, lekin ular senga o‘xshab o‘zini ko‘rsatib odamlarning ustidan kulmaydi.

Fayzli, andishali, kamtar, oddiy, sodda, fidoyi degan gaplarni sen hech qachon TUShUNMAYSAN. Seni kim aytadi dunyo ko‘rgan, dunyo kezgan, ko‘ziyam, o‘ziyam to‘q, boy inson deb. Shu dunyoqarashing va shu mulohazalaring uchun men senga o‘z tilingda javob qaytaraman: «А ты сама – ошибка природы!!!» (Bu gaplarimning hammasi uning ichki dunyosining mazasi yo‘qligi haqida). 

P.S. O‘zing ishonchimni oqlamading, do‘stlik jo‘natib o‘tirma, ya’ni zapros. Endi umuman o‘ylab ham ko‘rmayman, sen bilan do‘stlashishni...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring