Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Psixologiya: «Koronavirus davrida o‘z o‘zini anglash»

Psixologiya: «Koronavirus davrida o‘z o‘zini anglash»

«Xabar.uz» karantin davrida sayt kuzatuvchilari uchun foydali va qiziqarli maqolalar berib borishni davom ettiradi. Mazkur maqolamiz orqali siz, amerikalik yozuvchi va psixolog Daniel Metyusning o‘z o‘zini anglash borasidagi fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

Ayrim vaqtlar, biror bir davraga kirganingizda asabiylashib, o‘zingizni xotirjam tuta olmayotgandek tuyiladimi? Yuragingiz tez uradi, gohida terlaysiz va garchi bunday bo‘lmasa ham barcha ko‘zlar sizda ekanligini his qilasiz. Bunday hollarda siz o‘zingizni ongli ravishda sezmasligingiz mumkin.

Ushbu maqola o‘z o‘zini anglash borasida maslahatlar beradi.

O‘z o‘zini anglash nima?

Merriyam-Vebster lug‘atiga binoan, o‘z o‘zini anglash tushunchasi – «o‘ziga tegishli bo‘lgan va undan kelib chiqadigan harakatlar yoki holatlarni anglash» deb ta’riflanadi. Bu unchalik yomon ta’rif emas, to‘g‘rimi?

Ammo, yana bir ta’rif bor. Bu siz boshdan kechirayotgan narsalar haqida ko‘proq gapiradigan narsa, ya’ni boshqalarni kuzata turib o‘zingizni noqulay his qilishdir. O‘ylashimcha, haddan tashqari o‘z o‘zini anglash bilan shug‘ullanadigan har birimiz uchun ikkinchi ta’rif to‘g‘riroq.

O‘z o‘zini anglashning turli xil usullari mavjud. Masalan, sizni yaxshi biladigan odamlar – oila a’zolaringiz yoki eng yaqin do‘stlaringiz atrofida o‘zingizni yaxshiroq his qilishingiz mumkin. Qolaversa, ishda, hamkasblaringiz davrasida o‘zingizni his qila olasiz. Yoki jamoat oldida va begonalar tomonidan qurshalganingizda ham bir muddat o‘zingizni ongli his qilasiz. Lekin, ko‘p hollarda siz uyda yolg‘iz qolganingizda o‘zingizni anglamasligingiz turgan gap.

Ishonchni rivojlantirish

O‘zingizni anglash talvasasida bo‘lganingizda, buni qanday qilib to‘xtatish mumkinligi xayoldan ko‘tariladi. Shuning uchun muammoni hal qilishga oldindan tayyorganlik ko‘rish juda muhimdir. O‘zingizni yaxshiroq his qilish va boshqalar sizni qanday ko‘rayotganligi haqida o‘ylamaslik borasida bir necha misollarni ko‘rib chiqamiz:

O‘zingizga savol bering: «Xo‘sh, nima qilibdi?»

Ongingizdagi salbiy fikrlarni yo‘q qilishning eng oddiy usuli – bu uni bartaraf qilishga bo‘lgan shunchaki xohishingizdir.

Shunday qilib, keyingi safar xonaga kirganingizda yuzingiz qizarib ketayotganligini sezsangiz, o‘zingizga savol bering: «(shunday bo‘lsa) Xo‘sh, nima qilibdi?»

Sizning tashqi ko‘rinishingiz yoki harakatlaringiz odamlarga yoqmasa, chindan bu muhimmi? Bu shunchalik darajada yomonmi?

Ko‘pincha ushbu savollarga jo‘yali javob topa olmaysiz. Keyin bu kabi fikrlarga kamroq ahamiyat berishni boshlashingiz mumkin. O‘z o‘zini anglash bilan siz o‘zingizga nisbatan salbiy qarashlaringiz mavjudligini tan olasiz va bora-bora ularga qo‘shilmasligingizni tushunasiz.

O‘zingizga nisbatan halol bo‘ling

O‘z o‘zini anglash, bu harakat qilish va his qilishning bir usuli ekanligini anglatadi. Rostini aytganda, boshqalar ham hayotni tushunmoqda. Bunda tadbir, yig‘ilish yoki jamoat joyiga tashrif buyurishning afzalligi yo‘q. Muhimi his-tuyg‘ularingiz va fikrlaringizga halol bo‘lishingiz lozim. Ya’ni, kimnidir aytayotgan gapi sizni xafa qilsa, muloyim bo‘lish uchun kulish kerak emas. Yoki ko‘pchilikka moslashish uchun kulishib o‘tirishga majburlik to‘g‘ri qaror deb bo‘lmaydi. Buning o‘rniga, vazminlik bilan nima uchun rozi emasligingizni bildirib, o‘zingizga mos davraga o‘tib ketishingiz mumkin. Agar asabiy bo‘lsangiz, bo‘shashgan va tasodifiy ko‘rinishga urinib haddan tashqari kuch sarflamang. Undan ko‘ra, «Men ozgina asabiyman» deya, o‘zingizga mos odamlar guruhiga qo‘shiling.

Xuddi shuningdek, agar o‘zgalar sizdan nimadir qilishingizni istashayotganini tushunmasangiz aniq savol bering. Bu ishda, uyda, hattoki siz yaxshi tanimagan odamlar bilan ham ro‘y berishi mumkin. Hech kim o‘zingiz xohlamagan ishingizni qilishga majburlamasligi kerak. Bundan tashqari, agar siz so‘ralgan narsani bajarishga tayyor bo‘lsangiz ham batafsilroq tushuntirishni talab qilishning yomon joyi yo‘q. Bundan ular siz atrofidagi oddiy odam emasligingizni tushunishadi.

Nega ishda qiynalayotganingizni tahlil qiling

Ishda o‘z o‘zini anglash sizning kundalik majburiyatlaringizni, hamkasblar bilan munosabatlaringizni, umuman martabangizni belgilaydi. Agar siz biron bir mojaroga duch kelsangizu, uni gapirishga juda asabiy bo‘lsangiz o‘zingizni nazorat qilish o‘rniga oqibati to‘g‘risida o‘ylashga ko‘p vaqt ketkazib yuborasiz.

Yoki siz ko‘pincha ishda o‘zingizga ishonchingiz komil bo‘lmasa, o‘z o‘zini anglash qayerdan paydo bo‘lishi haqida savol tug‘iladi. Bunday hollarda, ehtimol siz kun bo‘yi «charchash bilan shug‘ullanarsiz?» Buning umumiy belgilari – bezovtalik, charchoq, ishtiyoqsizlik va ko‘p chalg‘ish bo‘lishi mumkin. Alal-oqibat bularning barchasi o‘zingizni ishonchsiz his qilishingizga imkoniyat tug‘diradi.

Qo‘rquvni bartaraf qiling

Hayotingizda qandaydir muvaffaqiyat qozonganingizda, qo‘rquv yengilib o‘zingizga ishonchni his qilish osonlashadi. O‘z navbatida, qancha ko‘p ishonch hosil qilsangiz kelajakda ko‘proq muvaffaqiyat qozonishingiz ehtimolini oshiradi. Shu bilan birga, qo‘rqib kelgan narsalaringizdan xavotirlanmaslikka intilish ham o‘zingizni qadrlashingiz uchun ko‘plab ajoyibotlarni yaratishi mumkin.

Ixtiyoringizda bo‘lgan o‘zgarishlarni amalga oshiring

Aytaylik, biror davrada o‘zingizni qanday tutishingizni o‘zingiz yaxshi bilasiz. Biroq, sizning kiyimingizga ko‘p xarajat va kuch sarflangan. Garchi u nihoyatda bejirim va ajralib tursa ham u o‘zligingizni ifoda etmaydi. Yodda tutingki, tashqi ko‘rinishingizga emas, balki ichki ishonchingizga qarab o‘zingizni tutishingiz kerak. Bu yerda sizning dunyoqarashingizdan boshqa hech narsa muhim emas. Boshqa tomondan, ehtimol siz izmingizdagi o‘zingiz yoqtirmaydigan narsani o‘zgartirishingiz mumkindir. Masalan, tug‘ilganingizdan buyon yuzingizdagi qandaydir belgini yomon ko‘rasiz. Agar uni bartaraf qilish imkoni bo‘lsa, albatta uni bajaring. Tashqi ko‘rinishdagi nuqsonlar (hatto odat, ko‘nikma va hakazo)ni o‘zgartirish yomon narsa degani emas, agar u ish sizga ko‘proq ishonch bag‘ishlasa. Yoqtirmagan narsangizga dosh berishingiz uchun mukofot berilmaydi. Qo‘rqinchli narsalarni amalga oshirishda kuchli ishonch kerak.  Bundan tashqari, o‘zgarish siz o‘ylagandan ko‘ra osonroq amalga oshirilishi mumkin. Misol uchun, varikoz tomirlarini davolash uchun jarrohlik emas – ba’zan bu muammoni oddiy kompressor paypog‘i hal qiladi.

O‘z o‘zini anglash nimalar beradi?

O‘z o‘zini anglash orqali siz asabiylik va noqulaylikdan xalos bo‘lasiz. Ya’ni, odamlarga qanday muomala qilishni bilish – ajoyib fazilatdir. Shuningdek, davralarda nima qilayotganingiz va gaplaringiz boshqalarga qanday ta’sir qilishini tushuna olasiz. Bu ishda va shaxsiy munosabatlarda beqiyos ko‘nikmalar hisoblanadi.

O‘z o‘zini anglash sizga biror tadbirga mos ravishda kiyinishga yordam beradi. Suhbatlarda juda baland gapirayotganingiz yoki yetarlicha baland gapirmayotganingizni his qildiradi. Hech kimni xafa qilmaslik yoki xafa qilib qo‘yishdan tiyiltiradi.

Esingizdan bo‘lsin, o‘z o‘zini anglash – bu siz boshqaradigan ongli holatdir.

Yakuniy xulosa

O‘zingizni bilganingizda, siz boshqalar bilan munosabatda bo‘lishingizni nazorat qilish uchun doimo o‘zingiz bilan kurashasiz. Ammo haqiqat shundaki, siz boshqalarning sizga qanday qarashlarini nazorat qila olmaysiz. O‘zingizga ishonish bir kechada sodir bo‘lmaydi. U bosqichma bosqich sodir bo‘ladigan jarayon.

Ba’zida muammo bo‘lishidan tashvishlanish muammoning o‘ziga qaraganda ko‘proq stressli kechadi. Shunday ekan, kelajakka ishonchni kuchaytiradigan kichik o‘zgarishlarni bugundan boshlang.

Nurillo To‘xtasinov tarjimasi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring