Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Jurnalistlik og‘ir...»: Senator o‘quvchi qiz bilan nimalarni gaplashdi?

«Jurnalistlik og‘ir...»: Senator o‘quvchi qiz bilan nimalarni gaplashdi?

Foto: Diyoraxon Nabijonova

Oliy Majlis Senati a’zosi Farhod Boqiyev tashabbusi bilan Guliston shahrida yashovchi o‘quvchi qiz - Fotimaxon bilan ijodiy muloqot tashkil etildi.

Oilada to‘ng‘ich farzand hisoblangan Fotimaxon Jo‘rayeva oyog‘ida tug‘ma nuqson bilan dunyoga kelgan. Hozirda u faqat aravacha vositasida yura oladi. Fotima kitob o‘qishni yaxshi ko‘radi, maqolalar ham yoza boshlagan. 

«Avvallari maqola yozmas edim. Lekin hayolotimdagilarni oq qog‘ozga qoralab turardim. Yangi yil arafasida hozirda senator bo‘lgan Farhod aka uyimizga meni yo‘qlab, viloyatimiz hokimi sovg‘a qilib yuborgan bir talay kitoblarni ko‘tarib kelganlarida qoralamalarimni ko‘rib, «Iye, siz yaxshigina qalam sohibi ekansiz-ku, maqolalar ham yozib tursangiz bo‘lar ekan» degandilar. O‘shanda ularning birgina mana shu so‘zi yanada ko‘proq ijod bilan shug‘ullanishimga turtki bergandi. Shunda men hayotda jurnalistlar bilan yuzma-yuz ko‘rishmaganimni, ular bilan uchrashishni juda-juda xohlashimni aytgandim. Farhod aka bu istagimni amalga oshirishda yordam berishni va’da qilgandilar», - deydi Fotimaxon.

Uchrashuvda «Xalq so‘zi» muxbiri Ahmadali Shernazarov, viloyat televideniyesi xodimi Nigora Imomqulova hamda O‘zJOKU talabasi Diyoraxon Nabijonova Fotimaxonga maslahatlar berdilar. 

«Jurnalist kasbi, aslini olganda, juda og‘ir kasb. Lekin mazzasi juda shirin, qachonki sen oldingga qo‘yilgan sinovlarni yengga olsang.Hozirda masofadan turib ishlash juda rivojlangan. Sen ham bu sohada bemalol faoliyat yurita olasan, ijodiy mahoratingni oshirishingda biz senga yordam beramiz» dedi jurnalist Ahmadali Shernazarov.

Uchrashuv so‘nggida senator Farxod Boqiyev Fotimaxonga bestseller darajasidagi nodir kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi. 

Diyoraxon Nabijonova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring