Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzax viloyati hokimligi binosi sartaroshxona, kafe va tikuvchilik sexi uchun ijaraga beriladi

Jizzax viloyati hokimligi binosi sartaroshxona, kafe va tikuvchilik sexi uchun ijaraga beriladi

Jizzax shahri markazidagi viloyat hokimligi 6 qavatli binosining yerto‘la va mansarda (chordoq) qismi jismoniy va yuridik shaxslarga tadbirkorlik qilish uchun ijaraga beriladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati tomonidan xabar berilgan.

Hokimlik tadbirkorlarga binodan ijara shartnomasi orqali foydalanishga taklif qilgan.

Jumladan, binoning yerto‘la qismidan ayollar go‘zallik saloni, erkaklar sartaroshxonasi, veloprokat, fitnes klub, sport to‘garaklari, notarial xizmatlar, loyiha, proyekt-smetalar tayyorlash, tipografiya, fotomantaj studiyalar, zargarlik ustaxonasi, kiyimlarni kimyoviy tozalash xizmati, tikuvchilik sexi, internet kafe, komp’yuter o‘yinlari va komp’yuter xizmatlari va maishiy texnikalarni ta’mirlash ustaxonasi sifatida foydalanish mumkin.

Mansarda (chordoq) qismida esa umumiy ovqatlanish shahobchalari, kafe barlar, o‘quv markazlari, parfyumeriya, suvener-sovg‘alar, kanselyariya mollari, kitoblar paviloni va shu kabi boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun joylar ajratilgan.

Manba: jizzax.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring