Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jarimani 15 kunda to‘lagan fuqaroga 30 foizlik chegirma joriy etilishi mumkin

Jarimani 15 kunda to‘lagan fuqaroga 30 foizlik chegirma joriy etilishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

Kecha, 22 iyulda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda boshqa masalalar qatori «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ham muhokama qilindi.

Loyiha sud tomonidan jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan sanadan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining yetmish foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda u qolgan summani to‘lashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi ma’muriy jarima solish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini joriy etishni nazarda tutadi. Ma’muriy jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest keltirilganda, ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida xuddi shunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganida qo‘llanilmasligi qayd etib o‘tilgan.

Deputatlarning qayd etishicha, taklif qilinayotgan o‘zgartirishlarning amaliyotda qo‘llanishi fuqarolarni tayinlangan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lashga rag‘batlantiradi, ular uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi, shuningdek mablag‘lar o‘z vaqtida Davlat budjetiga kelib tushishini ta’minlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring