Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Iste’molchilar energetik ekspertizadan o‘tkaziladi

Iste’molchilar energetik ekspertizadan o‘tkaziladi

Yonilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini energetika tekshiruvi va ekspertizadan o‘tkazish qoidalari tasdiqlanadi. Hukumatning bu boradagi tegishli qaror loyihasi muhokamaga joylashtirildi.

Unga ko‘ra, energetika tekshiruvidan o‘tkazish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • iste’molchilarning energosig‘imligini va energiya iste’molining amaldagi holatini baholash, yo‘qotishlarning yuzaga kelish sabablari va qiymatini aniqlash;
  • yo‘qotishlarni kamaytirishga va energosig‘imlilikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
  • iqtisod qilish zahiralarini topish va baholash;
  • hisobga olish va sarfni nazorat qilishni takomillashtirish bo‘yicha iste’molchiga bo‘lgan talablarni aniqlashtirish;
  • yangi uskunalarni qo‘llash, energetik sarflarni kamaytirish va boshqalar.

Qayd etilishicha, jami iste’moli yoki ularning har bir tur iste’moli yiliga ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘i va bir ming tonnadan ortiq motor yoqilg‘i bo‘lgan iste’molchilar majburiy energetik tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Shuningdek, tekshiruvlar birlamchi, davriy (takroriy), navbatdan tashqari, tezkor (lokal) tekshirishlarga bo‘linadi.

Xususan, davriy tekshirish 5 yilda kamida bir marta amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Muhokama joriy yilning 6-dekabriga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring