Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iste’molchilar «bo‘yniga ilingan» qariyb 9 milliard so‘m qayta hisob-kitob qilindi

Iste’molchilar «bo‘yniga ilingan» qariyb 9 milliard so‘m qayta hisob-kitob qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman, shahar jamiyatlariga 2019-yilning 9-oyligida fuqaro (iste’molchi)lardan jami 8363 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 4187 tasi og‘zaki, 2927 tasi yozma, 1249 tasi esa elektron shaklda yuborilgan. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.

Federatsiyaga kelib tushgan 1249 ta elektron murojaatning 1071 tasi «Prezidentga murojaat portali», 173 tasi yagona Davlat interaktiv portali orqali Bosh prokuratura tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun yo‘llangan. Federatsiyaning virtual qabulxonasi orqali hisobot davrida 5 dona murojaat kelib tushgan. 

Mazkur ariza va shikoyatlarning 7827 tasi ya’ni, 93,6 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 8 768 572 880 (sakkkiz milliard yetti yuz oltmish sakkiz million besh yuz yetmish ikki ming sakkiz yuz sakson) so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berilgan.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 376 580 006 (uch milliard uch yuz yetmish olti million besh yuz sakson ming olti) so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring