Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘lqin Abdusattarov Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi

To‘lqin Abdusattarov Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi

Foto: Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Abdusattarov To‘lqin Sayfullayevich Prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining o‘rinbosari – Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

T.Abdusattarov 1978-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1999-yilda Samarqand davlat universitetini, 2003-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2007-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi falsafa va huquq instituti kichik ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan.

2019-yil mart oyidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Oilali, 1 nafar o‘g‘il va qiz farzandi bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring