Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ingliz matbuoti: Gulnora Karimova Buyuk Britaniyadagi mulklarini yo‘qotishi mumkin

Ingliz matbuoti: Gulnora Karimova Buyuk Britaniyadagi mulklarini yo‘qotishi mumkin

Foto:«Getty Images»

O‘zbekistonnig birinchi prezidenti Islom Karimovning 2015-yildan beri hibsda saqlanayotgan qizi Gulnora Karimova Britaniyadagi mulklaridan, shu jumladan 30 million funt sterling qiymatidagi saroyidan mahrum etilishi mumkin.

Buyuk Britaniyaning «The Times» va «Daily Mail» nashrlarining xabarlariga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi dalillar uning mulkini tortib olishga asos bo‘lishi kutilmoqda.

Musodara qilishi kutilayotgan mol-mulkga Gulnora Karimovaning Britaniyadagi uchta mulki, shu jumladan Gors Xill saroyi, Mayfairdagi 8 million funt-sterling qiymatidagi ko‘chmas mulk va Belgraviyadagi kvartira ham kiradi.

Karimova Londonga tutash Surrey grafligidagi «Gorse Hill Manor» nomli yirik mol-mulkni 2010-yilda 18 mln funt sterling (23,5 mln dollar)ga sotib olgan.

Foto:«Gorse Hill Manor»

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi boshida G.Karimovaning Jeneva shahrida joylashgan villasidan 70 turdagi san’at ashyolari, O‘zbekistondagi yashash manzillarida esa 12,7 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan san’at asarlari topilgan va xatlangandi.

O‘tgan yili iyunda qamoqdagi Karimova murojaat bilan chiqqan va xalqdan uzr so‘ragandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring