Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilhom Ne’matov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi a’zoligiga izoh berdi

Ilhom Ne’matov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi a’zoligiga izoh berdi

Ilhom Ne’matov

Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2019 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axborotini tinglashdi.

«Xabar.uz» muxbiriga ko‘ra, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov ma’ruza davomida O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi a’zoligiga izoh berdi.

«Kengashga a’zoligimiz bo‘yicha juda ko‘p savollar bo‘lyapti. A’zoligimizning asosiy maqsadi iqtisodiy manfaatlarimiz tufayli. Chunki, turkiyzabon davlatlar ichida Turkiya salohiyatli mamlakat. Ularning bugungi kunda qariyb 1 trln.ga yaqin yalpi ichki mahsulotga ega. Undan tashqari, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston a’zo va hozir Vengriya, Turkmaniston kengash ishida qatnashyapti.

Bizning tariximiz va madaniyatimiz mushtarak. TurkSOY xalqaro tashkiloti orqali madaniy aloqalar rivojlanib bormoqda.

Asosiy maqsadimiz mana shu mamlakatlardan  investitsiya olib kelish, turistlar sonini ko‘paytirish hamda shu davlatlarga eksportni oshirish va iqtisodiy, siyosiy, madaniy masalalarda muloqot olib borishdir», — deya qayd etdi Ilhom Ne’matov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring