Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Innovatsion firibgarlik». Ikki sherik qanday qilib 33,6 ming AQSh dollari «ishlagani» haqida

«Innovatsion firibgarlik». Ikki sherik  qanday qilib 33,6 ming AQSh dollari «ishlagani» haqida

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir necha o‘nlab fuqarolarni 33 mingdan ko‘proq «ko‘ki»ga tushirganlar ushlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga  Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ikki sherik - N.X. va Sh.A.lar o‘zaro til biriktirib, «A.T.C.» korxonasiga a’zo qilish va «elektron do‘kon» sotib olish evaziga bir fuqarodan 920 ming so‘m, yana biridan 300 AQSh dollarini olgan paytda ushlanadi.

Biroq bu hali hammasi emas. Tergovga qadar tekshiruv jarayonida  ularning yana bir jinoyati fosh etildi. Ya’nikim, ikki sherik «A.T.C.» saytiga a’zo bo‘lish, boshqalarni mazkur saytga a’zolikka taklif qilish va shu orqali  bonus pullari berilishiga ishontirib, jami 53 nafar fuqaroning 33,6 ming AQSh dollari va 3 mln so‘m mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishadi. Qo‘lga kiritilgan pullar esa Sh.A.ning nomiga ochilgan xalqaro plastik (VISA) kartasiga o‘tkazilganligi aniqlangan.

Ayni paytda holat bo‘yicha firibgarlik alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘pam uchrayvermaydigan mazkur jinoyat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring