Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikki davlat rahbarlari «Qayroqqum gilamlari» korxonasiga bordi (foto)

Ikki davlat rahbarlari «Qayroqqum gilamlari» korxonasiga bordi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon hamrohligida «Qayroqqum gilamlari» korxonasini borib ko‘rdi.

Bu fabrika 1957-yilda ishga tushirilgan. 2019-yilda modernizatsiya qilinib, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Xitoy va boshqa davlatlardan olib kelingan uskunalar o‘rnatilgan. Korxonada bir yilda 3 million kvadrat metr mahsulot ishlab chiqarilmoqda.

Qayroqqum gilamlari Sharq an’analarini aks ettiruvchi jozibadorligi va naqshlari bilan mashhur. Yuqori sifati tufayli turli xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident korxona mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi.

Navbatdagi ob’yekt tomon yo‘l olar ekan, davlat rahbarlarining korteji Qayroqqum suv ombori yonida to‘xtadi. Prezidentlar suv omborini ko‘zdan kechirib, suhbatlashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring