Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zarafshon, Xatirchi, Nurafshon va Bekobodda IIB boshliqlari o‘zgardi

Zarafshon, Xatirchi, Nurafshon va Bekobodda IIB boshliqlari o‘zgardi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlari rahbarlik lavozimlarida tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. 

Unga ko‘ra, podpolkovnik Ergashev Faxriddin Olimovich Navoiy viloyati Zarafshon shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimi egallagan. 

Podpolkovnik Asadov Ulug‘bek Jalolovich Navoiy viloyati Xatirchi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Sultanov Elmurod Azatbekovich Toshkent viloyati Nurafshon shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. 

Podpolkovnik Sottiyev Mirali Rixsivayevich Toshkent viloyati Bekobod shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring