Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

IIV tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Foto: Xabar.uz

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra:

Podpolkovnik Izbasarov Baxtjan Almaxanovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar B.Izbasarov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Qdirbayev Talg‘at Sulaymanovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar T.Qdirbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Halimov Ulug‘bek Anvarovich Samarqand viloyati Narpay tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar U.Halimov IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi katta tezkor vakili lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Ortiqov Sirojiddin Sa’dullayevich Samarqand viloyati Paxtachi tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar S.Ortiqov Samarqand viloyati Ishtixon tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Sharipov Surach Sadredinovich Samarqand viloyati Ishtixon tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar S.Sharipov Samarqand viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Hayitov Faxriddin Tohirovich Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar F.Hayitov Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring