Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIV tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

IIV tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Foto: Xabar.uz

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Podpolkovnik Xidirov Bahrom Maxamatovich Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Xidirov Jarqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Shadiyev Sherzod Fayzullayevich Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sh.Shadiyev IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring