Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIV quyi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

IIV quyi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Foto:«Xabar.uz»

IIV quyi tizimida bir qancha tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi. 

Polkovnik Murodov Oybek Xudayberdiyevich Shayxontohur tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Israilov Jaxongir Shokirovich esa Yunusobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tasdiqlandi. 

Shuningdek, podpolkovnik Masharipov Rasuljon Rixsimovich Mirobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Isayev Doniyor Xojiakbarovich Yashnobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-tergov bo‘linmalari faoliyatini tahlil qilish bo‘linmasi boshlig‘i lavozimini egallagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring