Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV axboroti: «Firibgarlik jinoyatlari salmog‘i yuqorigicha qolmoqda»

IIV axboroti: «Firibgarlik jinoyatlari salmog‘i yuqorigicha qolmoqda»

Foto: «Xabar.uz»

Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Ayni vaqtda senatorlar Ichki ishlar vazirligining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktik holati to‘g‘risidagi 2019-yil yakuni bo‘yicha axborotini tinglashmoqda.

Ma’ruzada qayd etilishicha, 2019-yilning yakuniga ko‘ra respublikada sodir etilgan umumiy jinoyatlar soni 6 foizga, ya’ni 49 011 tadan 46 089 taga, jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar soni 10,5 foizga ya’ni 29 851 tadan 26 712 taga kamayishiga erishildi.

«Xabar.uz» muxbiriga ko‘ra, ma’ruza davomida tizimdagi ayrim kamchiliklar saqlanib qolayotganligi ham to‘xtalib o‘tilgan.

Xususan, aholining ijtimoiy-maishiy muammolarini aniqlash va hal etishdagi ishlar yetarli darajada tashkil etilmaganligi sababli qotillik jinoyatlari Toshkent, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida, shuningdek og‘ir tan jarohati yetkazish Qashqadaryo viloyatida ko‘paygan.

Shu bilan birga, respublikaning ayrim hududlarida firibgarlik jinoyatlari salmog‘i yuqoriligicha qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring