Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB haydovchilardan qarindoshlari, do‘stlari va qo‘shnilarini masjidga olib borishni so‘radi

IIBB haydovchilardan qarindoshlari, do‘stlari va qo‘shnilarini masjidga olib borishni so‘radi

Foto: IIBB matbuot xizmati

Ramazon Hayiti bayrami oldidan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi bir qator tadbirlarga qo‘l urmoqda.

Xususan, 4 iyundan 5 iyunga o‘tar kechasi masjidlarga tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida va bayram namozi munosabati bilan masjidlar yonidagi ko‘chalar 1 kilometrgacha bo‘lgan radiusda 5 iyun kuni soat 02.00 dan 6.00 gacha berkitiladi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati tomonidan xabar berildi.

Ichki ishlar bosh boshqarmasi imkon qadar masjidlarga borishda shahar jamoat transportlari xizmatlaridan foydalanishni va o‘z avtomobilingizda bormaslikni so‘rab qoladi. Agar siz o‘z avtomobilingizda borsangiz, qarindoshlaringizga, do‘stlaringizga, qo‘shnilaringizga siz bilan birga borishni taklif qiling.

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring