Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar organlari tizimida ovqatlanish tartibi takomillishtiriladi

Ichki ishlar organlari tizimida ovqatlanish tartibi takomillishtiriladi

Foto: «Xabar.uz»

Ichki ishlar organlari tizimida ovqatlanishni tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (379-son, 06.05.2019 y.) Bu haqda adliya vazirligi kanalida xabar tarqatildi.

Qarorga muvofiq, ichki ishlar organlari tizimida taomlar turlari xilma-xillashtiriladi va ovqat tayyorlash sifati yaxshilanadi.

IIVning harbiy qismlarida, ta’lim muassasalarida, vaqtincha saqlash hibsxonalari va davolash muassasalarida ovqat tayyorlash uchun autsorsing tizimi joriy etiladi.

Autsorserga ovqatlanishni tashkil qilish uchun oshxonalarning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebellari nol stavkada ijaraga beriladi.

Ovqat tayyorlash uchun foydalaniladigan mahsulotlar sanitariya va gigiyena qoidalariga hamda boshqa normativ talablarga mos bo‘lishi lozim.

Autsorsing tizimiga o‘tish munosabati bilan tejalgan mablag‘lar tizimning ovqatlanish sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring