Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Humo Arena» qurilishiga 175 mln yevro sarflandi

«Humo Arena» qurilishiga 175 mln yevro sarflandi

«Humo Arena» muz saroyining qurilishi uchun umumiy hisobda 175 mln yevroga yaqin mablag‘ sarflandi. Bu haqda bugun, 15-mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Mazkur sport majmuasining qurilishiga 2017-yilning 3-fevral kuni start berilgan edi. Majmua Toshkent shahrining Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasida, 9 gektar maydonda qurilgan. Zamonaviy muhandislik texnologiyalarini uyg‘unlashtirgan «Humo Arena» majmuasidan 12,5 ming o‘rinli ko‘p tarmoqli muz arenasi, 200 o‘rinli mashg‘ulotlar maydoni, trenajyor zali, sport muzeyi va ko‘plab boshqa ob’yektlar o‘rin olgan.

Har biri 60x30 metr o‘lchamdagi asosiy va mashq maydonlari musobaqalarni xalqaro talablar darajasida o‘tkazish, yoshlarni sport bilan shug‘ullantirish uchun yaxshi imkoniyat beradi.

Mobil o‘rindiqlar sport musobaqalaridan bo‘sh paytda ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ham moslasha oladi. Bu yerda xokkey, short-trek, figurali uchish, kyorling bilan birga basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo va boshqa turdagi bellashuvlar o‘tkazish mumkin. Bundan tashqari, bayram tadbirlari, konsertlar, ko‘rgazma va forumlar tashkil etish uchun ham sharoit yaratilgan.

Majmuaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring