Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokimlar va elchilarga majburiyat yuklandi

Hokimlar va elchilarga majburiyat yuklandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz turizm salohiyatini jadal rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Joriy yilda viloyat hokimlari va elchilar 7 million xorijiy va 15 million ichki sayyohlarni jalb qilish, eksportni 2,5 milliard dollarga yetkazish ustida aniq reja va majburiyat bilan ishlashlari shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, turoperator, mehmonxona, transport korxonalari, oliygohlar vakillari bilan bir necha bor uchrashilib, ularning muammolari va takliflari o‘rganildi.

O‘rganishlar ko‘rsatganidek, turistlarni faol jalb qiladigan joylar haqida kontent kam, bori ham qiziqarli emas, sayyohlarni 4-5 kun olib qoladigan turpaketlar yetishmaydi. Yo‘l chiptalarini 3-6 oy oldindan bron qilish, sotib olishda noaniqliklar juda ko‘p. Muzey, teatr, madaniyat maskanlari turizm dasturlari bilan bog‘lanmagan, ularning ishlash vaqti ham sayyohlar talabidan kelib chiqmagan.

Davlatimiz rahbari soha mutasaddilari shu va boshqa kamchiliklar bilan tizimli ishlamayotganini tanqid qildi va keskin o‘zgarish qilinishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring