Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim Namanganda o‘zini yoqib yuborgan ayol xonadoniga bordi

Hokim Namanganda o‘zini yoqib yuborgan ayol xonadoniga bordi

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov MIB xodimlari harakatiga norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘yib, vafot etgan ayol xonadoniga bordi.

Shavkatjon Abdurazzaqov Namangan shahridagi «Istiqbol» mahallasida bo‘lib, marhuma Gulandom Dadaboyevaning yaqinlariga ta’ziya bildirdi. Uning 15 va 12 yashar o‘g‘illari munosib sharoitlarda voyaga yetishlarida har tomonlama ko‘mak berilishini ta’kidladi.

—Mazkur holat bo‘yicha hozirda prokuratura idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Ularning natijasi bo‘yicha vaziyatga qonuniy, huquqiy baho beriladi va bu haqda albatta jamoatchilikka ma’lum qilinadi, — dedi viloyat hokimi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 29-sentyabr kuni Namangan shahrida istiqomat qilgan 35 yoshli Gulandom Dadaboyeva ijro harakatlari davomida o‘zining ustiga benzin quyib, yoqib yuborgandi.

Ayol 30 sentyabr kuni tanasining 80 foizdan ortiq kuyish tan jarohati oqibatida RShTYoIM Namangan filialida vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring