Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokim 100 yoshga kirgan xorazmlik otaxonga prezident sovg‘asi topshirdi

Hokim 100 yoshga kirgan xorazmlik otaxonga prezident sovg‘asi topshirdi

Foto: «Xabar.uz»

Urganch tumanining «Shohidonlar» mahallasida yashovchi Jumyoz ota Bekmetov o‘zining 100 bahorini qarshi oldi.

Shu munosabat bilan Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov otaxon xonadoniga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti nomidan sovg‘alarni topshirdi.

Foto: «Xabar.uz»

– Meni urushga kuzatgan yaqinlarimning yuzidagi iztirobni yaxshi eslayman, – deydi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Jumyoz bobo Bekmetov. – O‘sha vaqtlari yillar o‘tib, mana shunday tinch, farovon kunlar kelishini kim tasavvur qilibdi, deysiz... E’tibordan  boshim ko‘kka yetdi.

Jumyoz ota Bekmetov, ko‘z tegmasin, hali tetik va bardam.

Ma’lumot uchun:  otaxon 1920-yilning  5-yanvarida Urganch tumani G‘oybu qishlog‘ida tavallud topgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 4 farzandning otasi, 100 nafardan ortiq  nabira, evara va chevaraning bobosi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring