Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonlik shifokorlar Qibrayda taqdimot o‘tkazdi

Hindistonlik shifokorlar Qibrayda taqdimot o‘tkazdi

Qibray tuman tibbiyot birlashmasida Hindistonning «Yatharth Hospital» klinikasi rahbari, professor Kapil Kumar va vertebrolog professor Shashi Paullar bilan hamkorlikda qo‘shma loyiha yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda «Qibray sadosi» xabar berdi. 

Uchrashuv davomida «Yatharth Hospital» klinikasi faoliyati to‘g‘risida tanishtiruv taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Klinika mutaxassislari tomonidan travmatologiya hamda vertebrologiya yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan mahorat darsi esa mahalliy tibbiyot xodimlarida katta taassurot qoldirdi.

Shundan so‘ng «Yatharth Hospital» klinikasi mutaxassislari, Qibray tuman tibbiyot birlashmasi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tanishuv jarayonida tug‘ruq majmuasida yangi tug‘ilgan chaqaloq konsilium qilinib, kerakli davolash tavsiyalari berildi.

Shu kuni Qibray tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Akrom Ergashev va Hindistonning «Yatharth Hospital» klinikasi rahbari Kapil Kumar o‘rtasida davlat xususiy sheriklik yo‘nalishi, investitsiya loyihasi asosida tibbiy jihozlarni olib kirish va ikki taraflama mutaxassislarni tayyorlash, hamda malaka oshirish bo‘yicha hamkorlik yuzasidan birlamchi kelishuv muzokaralari olib borildi.

Yaqin kunlarda hamkor tarafning taklifiga asosan Qibray tuman tibbiyot birlashmasining ishchi guruhi Hindiston davlatining xususiy «Yatharth Hospital» klinikasiga tashrifi rejalashtirildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring