Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hilol Nasimovning «shedevr»lari yana tanqidga uchradi

Hilol Nasimovning «shedevr»lari yana tanqidga uchradi

"Odnoklassniki.ru" filmidan lavha.

Skrinshot

Mutaassiblik, diniy ekstremizm ta’siriga tushishning fojeali oqibatlari mavzuida bir-ikkita badiiy film suratga olishi ortida yaxshigina tanqidga uchragan rejissyor Hilol Nasimov shu kunlarda yana muhokama markazida chiqdi. G‘oya qanchalar yaxshi, niyat nechog‘li nekbin bo‘lmasin, Nasimovning kinolarida buzg‘unchi-mutaassiblardan ko‘ra Islomning o‘zi salkam «olabo‘ji» qilib yuborilayozgani o‘z vaqtida nainki oddiy, balki oqil insonlarning ham haqli noroziligiga sabab bo‘lgan edi.

Kuni kecha «ZorTV»da ayni filmlar takror namoyishi bitayotgan yaralarga sepilgan tuz vazifasini o‘taganday. Zero, e’tiqod — o‘ta hassos, o‘ta nozik tuyg‘u. Bunday tuyg‘uga esa ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi. Ko‘pchilikning fikricha, H. Nasimovning muvaffaqiyatsiz kinolari esa o‘sha tuyg‘ularni toptash ehtimolini yuzaga keltirishi bilan birga davlatning millionlab mablag‘i isrof qilingani bilan yodda qolgan, xolos.

Shuningdek, ayni filmlar o‘z vaqtida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining tegishli xulosasi olinmay efirga ketgani ham aytilgandi. Bu esa mavjud tartibga zid hisoblanadi. Shunga qaramay Din ishlari bo‘yicha qo‘mita shu choqqacha o‘z nuqtai nazarini bildirmaganini eslatib o‘tish zarar qilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring