Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Har yili noyabrda «Keksalar uchun turizm oyligi» o‘tkaziladi

Har yili noyabrda «Keksalar uchun turizm oyligi» o‘tkaziladi

Foto: Xabar.uz

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi 340-son «Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan har yili 1 noyabrdan 30 noyabrgacha «Keksalar uchun turizm oyligi» deb e’lon qilindi.

«Keksalar uchun turizm oyligi» doirasida hududlardagi turizm infratuzilma ob’yektlari tomonidan ixtiyoriy taqdim qilinadigan chegirma va aksiyalar to‘g‘risida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining veb-sahifalarida e’lon qilib boriladi.

Har yili 1 oktyabrga qadar I guruh nogironligi bo‘lgan sayohat qiluvchi keksalar ro‘yxati shakllantiriladi va ular uchun «Sayohat barcha uchun!» xayriya sayohati loyihasi doirasida mamlakat bo‘ylab yiliga bir marotabadan ko‘p bo‘lmagan sayohat tashkil qilinadi.

Shuningdek, mahalliy budjet va uning orttirib bajarilgan qismidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj va yolg‘iz keksalarning turar joylari ta’mirlanadi.

Qaror bilan Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring