Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davronbek Tojialiyev

Yo asling kabi ko‘rin, yo ko‘ringaning kabi bo‘l! (Jaloliddin Rumiy)

Haj ziyorati narxi qancha?

Haj ziyorati narxi qancha?

Foto: «Muxlis.uz»

Bugun «Do‘mbirobod» masjidining rasmiy imomi Shermurod Tog‘ay domla o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun Haj narxi 45 mln. so‘m bo‘lganligi haqida xabar berdi. U bu xabarni izohlarkan, O‘zbekistonda valyuta bozorining erkinlashtirilishi oqibatida bozor va davlat kurslari bir xil bo‘lgani uchun so‘mda Haj narxi oshib ketganini bayon qildi.

45 mln. so‘m bugungi kurs bilan 5541 AQSh dollarini tashkil etadi.

Shu munosabat bilan qo‘shnilarimizdagi Haj va Umra narxlari bilan qiziqib ko‘rdim.

Qirg‘izistonda Haj ishlari bilan muftiyat shug‘ullanadi. Hajga boruvchilar avvalo muftiyat saytidan onlayn navbatga yoziladilar. Onlayn navbat barcha uchun ochiqdir

Shuningdek, hojilar uchun qulaylik maqsadida «Ajilik-2017» Android dasturi ham ishlab chiqilgan.

2017-yili Qirg‘iziston uchun 4585 kvota ajratilgan (Qirg‘iziston aholisi: 6,1 million kishi). Muftiyat har yili Haj narxini rasman e’lon qiladi. 2017-yili Haj narxi 2760 AQSh dollari deb e’lon qilingan. 2016-yili 2600 AQSh dollari bo‘lgan.

Qirg‘izistonda Umra ziyorati bilan turfirmalar shug‘ullanadi. Ularning narxi sharoitiga va safar muddatiga ko‘ra, 1300 dollardan 1700 dollargacha (Ramazon oyida 30 kun).

Qozog‘iston uchun 2017-yili Haj uchun 2500 kvota ajratilgan (Qozog‘iston aholisi 18 million kishi).

Qozog‘istonda Haj va Umra safari bilan turfirmalar shug‘ullanadi. Haj ziyorati narxi: 3800 dollar (ekonom-paket), 4200 dollar (standart-paket), 5500 dollar (lyuks-paket).

Umra ziyorati narxi sharoit va safar muddatiga ko‘ra, 1150 dollardan 2000 dollargacha.

Ma’lumot uchun, 2017-yili O‘zbekistondan 7200 nafar ziyoratchilar Haj ziyoratiga bordilar. Kelgusi yildan 10000 nafar ziyoratchilar Umraga yuborilishi ma’lum qilingan. 2018-yili bahor mavsumida 8500 nafar, ramazon mavsumida 1500 nafar yurtdoshlarimiz umra ziyoratini ado etishi belgilangan. «Umra — 2018» bahor mavsumi 2018-yil 1-fevraldan boshlanishini rejalashtirilgan.

Bugungi Haj ziyorati narxi bo‘yicha tarqatilgan xabar ijtimoiy tarmoqda turli fikrlar, tortishuvlarga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi, Hajga mas’ul tashkilotlar bunga o‘z munosabatlari va narx bo‘yicha izohlarini bersalar ma’qul bo‘lar edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring