Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Habib Nurmagomedovning otasi ikkinchi xotin olmoqchi

Habib Nurmagomedovning otasi ikkinchi xotin olmoqchi

Foto: «Fightnews.info»

Aralash jang (MMA) kurashchisi Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov jurnalistlarga bergan intervyusida ikkinchi xotinga uylanish rejasini ochiqladi.

«Bitta xotinim bor, ikkinchisini mo‘ljallab turibman. Uchinchisini... bilmadim», — deyiladi, xususan, katta Nurmagomedovning intervyusida.

U shuning barobarida ayollarga doim hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerakligini qo‘shimcha qilgan.

Abdulmannop Nurmagomedov — Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy. Eng muvaffaqiyatli mutaxassis sifatida Rossiyaning Ginnesslar kitobiga kiritilgan: faoliyati davomida turli yakkakurashlar bo‘yicha 18 nafar jahon chempionini tayyorlagan.

Rossiya qonunchiligi fuqarolarga bir paytning o‘zida faqat bir inson bilan nikohda bo‘lishlariga ruxsat beradi...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring