Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gulistonda yana chaqaloq sotishga urinish bo‘ldi

Gulistonda yana chaqaloq sotishga urinish bo‘ldi

Foto: Sirdaryo viloyat IIB

Sirdaryo viloyatida so‘nggi haftada yana bir bora chaqaloqni sotishga urinish ro‘y berdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

2019 yilning 17 may kuni, Sirdaryo viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan Guliston shahar hududida o‘tkazilgan tadbir davomida Jizzax viloyati, Mirzacho‘l tumani, G‘alaba MFYda istiqomat qiluvchi U.J. o‘zining 2019 yilning 13 may kuni xujjatsiz tuqqan o‘g‘il farzandini fuqaro M.N. ga 200 (ikki yuz) AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, ushbu voqeadan ikki kungina ilgari Guliston shahrida ikki kunlik chaqaloqni sotishga urinish bo‘lgani xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring