Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘olibga — iPhone 11 PRO! Adliya vazirligi yana bir tanlov o‘tkazadi

G‘olibga — iPhone 11 PRO! Adliya vazirligi yana bir tanlov o‘tkazadi

Foto: «hitech.vesti.ru»

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida BMT Rivojlanish dasturining «O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish» loyihasi homiyligida «Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi» nomli insholar tanlovi o‘tkaziladi.

Har yilning oktyabr-dekabr oylari davomida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan yoshlarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovi bu yil ham bo‘lib o‘tadi.

Tanlovning bu yil 22-oktyabrdan 30-noyabrgacha bo‘lgan muddatda uch bosqichda (tuman (shahar) – viloyat – respublika) o‘tadi:

  • birinchi bosqich: 22–25-oktyabr (baholash va natijalarni e’lon qilish
    – 25-28 oktyabr);
  • ikkinchi bosqich: 4–6 noyabr (baholash va natijalarni e’lon qilish – 7-9 noyabr);
  • uchinchi bosqich: 14–22 noyabr (baholash va natijalarni e’lon qilish – 23-30 noyabr) kunlari.

Tanlov ikki guruh kesimida o‘tkaziladi:

  • birinchi guruh – umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-11 sinflari hamda litsey va kollej o‘quvchilari o‘rtasida;
  • ikkinchi guruh – oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida.

Tanlovning 1-bosqichida quyidagi mavzuda insho yoziladi:

«Korrupsiya va men» – Korrupsiyaning fuqarolar, muayyan shaxs hayotiga ta’siri, qonunga itoatkorlik yuksak qadriyat va korrupsiyaga qarshi kurashning asosi ekani, qarindosh-urug‘chilik, poraxo‘rlik, ko‘zbo‘yamachilik, qonunga itoatsizlik va javobgarlikdan qo‘rqmaslikning salbiy oqibatlari, korrupsiyaga nisbatan fuqarolik pozitsiyasi, xususan, toqatsizlik, murosasizlik va unga bosh qo‘shmaslik lozimligi kabi masalalar yoritilishi kerak.

Tanlov g‘oliblariga quyidagi sovg‘alar topshiriladi:

  • 3-o‘rin planshet (har bir yo‘nalish bo‘yicha bittadan, jami 2 ta);
  • 2-o‘rinnoutbuk (har bir yo‘nalish bo‘yicha bittadan, jami 2 ta);
  • 1-o‘rin iPhone 11 PRO smartfoni (har bir yo‘nalish bo‘yicha bittadan, jami 2 ta).

Shuningdek, homiylarning boshqa esdalik sovg‘alari ham topshiriladi.

Tanlov BMT Rivojlanish dasturining «O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish» loyihasi doirasida moliyalashtiriladi.

Tanlov natijalarini e’lon qilish hamda g‘oliblarni taqdirlash, qoida tariqasida, «9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni» arafasida tanlov hay’ati a’zolari, ishtirokchilar, ijodiy jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif qilingan holda amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring