Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Genetik o‘zgartirilgan bolalar qachon dunyoga keladi?

Genetik o‘zgartirilgan bolalar qachon dunyoga keladi?

Foto: «Nauka.tass.ru»

Internetda 2 yildan so‘ng genetik modifikatsiyalangan bolalar paydo bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi, deb yozadi «AIF». Bunga biologiya fanlari doktori, Skoltex va Ratger universiteti (AQSh) professori Konstantin Severinov o‘z munosabatini bildirgan.

— Ertami-kech bu yuz beradi — jarayonni to‘xtatishning iloji yo‘q. Biroq bunday operatsiyalar ko‘p sonli tekshiruv va qo‘shimcha tadqiqotlardan so‘ng amalga oshirilishi zarur. Misol uchun, xitoylik biolog Xe Szyankuy embrionlar genomida tadqiqot o‘tkazdi. U OITSga chidamlilikni oshirdi. Biroq buning uchun hech qanday tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lmagan. Xavf-xatarni oldindan baholab bo‘lmaydi. Oyoq-qo‘lsiz bola tug‘ilganda nima bo‘lardi?

Vaqti kelib genni tuzatish yordamida odamzodni ko‘pgina genetik kassalliklardan xalos etish mumkin, deb o‘ylayman. Ma’lumki, irsiy kasalliklarni 5 mingta gen mutatsiyasi keltirib chiqaradi. Ularni davolash mumkin bo‘ladi.

Hozir odamzodning genofondi yomonlashyapti. Ba’zilar genlarning nomuvofiq kombinatsiyasiga ega. Ilgari bunday mutatsiya sohiblari tirik qolmagan yoki zurriyod qoldirmagan. Biroq zamonaviy tibbiyot keyingi avlodga genlarning yaxshi kombinatsiyasini qoldirish imkonini beryapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring