Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

GDR sobiq rahbari Erix Xonekker nega Toshkent viloyatiga kelgan edi?

GDR sobiq rahbari Erix Xonekker nega Toshkent viloyatiga kelgan edi?

1985-yil 7-may. «Yik ota» mahallasiga GDR rahbari Erix Xonekker tashrif buyurib, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 40 yilligini nishonlash tantanalarida ishtirok etdi. Shu kuni sobiq «Tinchlik» hududi, hozirgi «Yik ota» mahallasiga Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, halok bo‘lgan askarlar xotirasini abadiylashtirish va xalqlar do‘stligini mustahkamlash maqsadida «Uch askar» haykali o‘rnatildi. Nufuzli mehmonlar yodgorlikni ziyorat qilishdi.

Oradan yillar o‘tdi. Yuqori Chirchiqning mana shu hududida qo‘shimcha binolarning qurilishi, taraqqiyot bilan bog‘liq o‘zgarishlar natijasida «Uch askar» haykali nazardan chetda qolib ketdi. Haykalning o‘zi restavratsiyaga muhtoj bo‘lib qoldi.

Yuqori Chirchiq tumani markazi Yangibozor qo‘rg‘onining rivojlanishi, zamonaviy shahar tusiga kirishi natijasida, bunday noyob yodgorlikni markazga ko‘chirish ehtiyoji tug‘ildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi faollarining taklifiga ko‘ra, yangitdan barpo etilayotgan Xotira xiyoboni markaziga mazkur yodgorlik ko‘chirib keltirildi.

2019-yil 8-dekabr. Soat 08:00. Tuman faollari jam bo‘lgan, harbiylar saf tortib turgan xiyobonga viloyat hokimi kirib keldi. Shu kuni mazkur Xotira xiyobonining ochilish marosimi tantanali vaziyatda o‘tkazildi. Viloyat hokimi «Motamsaro ona» va «Uch askar» memorial yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi.

Soat 09:00. Tuman markazida balandligi 42 metr keladigan flagshtok – O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i baland ko‘tarildi. Marosim davomida fuqarolik pasporti olish yoshiga yetgan yoshlarga pasportlar tantanali vaziyatda topshirildi.

Soat 10:00. Quyi Chirchiq. Shu kuni tumanda 5 muhim tashabbus doirasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini o‘zida mujassam etgan, «Toshkent viloyatida 6 oylik islohotlarning ijobiy natijasi» shiori ostida tadbirlar tashkil etildi.

Dastlab tumandagi «Madaniyat» mahallasi hududida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib chiqildi. Hududdagi zamonaviy tipda qurilgan yangi poliklinikaning ochilish marosimi, so‘ng «Paxtazor» mahalasidagi yangitdan bunyod etilgan Istirohat bog‘iga tashrif buyurdilar.

«Beruniy» hududida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar, beruniyliklar uchun faqat tasavvurdagina bo‘lgan bunyodkorlik ishlari o‘z nihoyasiga yetib, ko‘plab inshoot va majmualarning tantanali ravishda ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati
Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Dastlab Abu Rayhon Beruniy haykalining ochilish marosimi, undan so‘ng qayta ta’mirlanib, 500 o‘ringa mo‘ljallangan Madaniyat saroyi, eng so‘nggi uslub va qulayliklarga ega kutubxona, kompyuter kurslari va xizmatlari, chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv kurslari, avtomaktab, fitness klub hamda milliy taomlar oshxonasidan iborat bo‘lgan «Yoshlar innovatsion markazi», shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini binosi, uchastka noziri xonasi va pochta aloqa bo‘limlari aholiga foydalanish uchun topshirildi.

Ochilish marosimlaridan so‘ng Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusni ro‘yobga chiqarish, yoshlarning musiqa, tasviriy san’at, adabiyot, teatr va san’atning boshqa yo‘nalishlariga qiziqishlarini yanada oshirish, jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qayta ta’mirlanib, foydalanish uchun topshirilgan muhtasham «Beruniy» madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 27 yillik tantanasi va Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni keng nishonlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga viloyatdan saylangan senatorlar, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, shahar va tuman hokimlari, nuroniy va oqsoqollar, mahalla faollari, mehnat faxriylari, tuman va viloyat miqyosidagi soha mutaxassislari, vakillar qatnashdilar.

Davlat madhiyasi sadolari bilan boshlangan bayram dasturini ochib berish uchun viloyat hokimi Rustam Xolmatov so‘zga chiqib, barchani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan tabrikladi.

Konsert dasturiga ulangan bayram tadbirida 5 muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan «Kelajak nihollari» ansambli, Toshkent viloyati «Maqom» ansambli, O‘zbekiston xalq hofizi Soyibjon Niyozov, O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston harbiy kuchlari Toshkent viloyati harbiy orkestri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Elmurod Ahmedov, Furqat Ashuraliyev, Avazbek Olimov, Dilnoza Ismiyaminova, Alisher Turdiyev, «Nihol» mukofoti sovrindori Sharofiddin Murodov, estrada xonandasi Ulug‘bek Otajonov, «Eldido» guruhi solistlari go‘zal kuy-qo‘shiqlar hamda «Toshkent zebolari» raqs ansambli o‘zlarining jozibador raqslarini namoyish etdilar.

Tadbir doirasida taklif etilgan mehmonlar hamda hudud aholisi uchun qulaylik yaratish maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Unda viloyatimizdagi 15 ta agrar sohaga ixtisoslashgan tumanlardan qishloq xo‘jaligi vakillari: fermerlar, dehqonlar, bog‘bonlar o‘zlari yetishtirgan sifatli mahsulotlar bilan ishtirok etishdi. Yarmarkadan joy olgan sifatli va arzon narxlardagi poliz ekinlari, meva-sabzavotlar, don, non va qandolatchilik mahsulotlari, shuningdek asal, tuxum, baliq, sut va go‘sht mahsulotlari, konselyariya mollari va qo‘l mehnati bilan yaratilgan buyumlar juda xaridorgir bo‘ldi.

Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring