Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

 Farg‘onada «Rishton» chegara-bojxona posti ochilmoqda

 Farg‘onada «Rishton» chegara-bojxona posti ochilmoqda

Foto:«Uza.uz»

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi «Rishton» chegara bojxona posti barcha fuqarolar hamda yengil avtomashinalarni harakatlanishlari uchun ochildi.Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Ayniqsa, mazkur bojxona chegara postining ochilishi So‘x tumani aholisi uchun katta qulayliklar yaratmoqda. Tuman aholisi bir necha yillar davomida viloyat markaziga kelishi uchun uzoq yo‘l bosib, soatlab vaqt sarflab, «Vodil» bojxona chegara posti orqali qatnardi. Endilikda esa ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berildi.

Yo‘l qariyb 42 kilometrga qisqardi.

Mazkur «Rishton» bojxona chegara posti shu kunga qadar faqatgina Rishton tumani hamda Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani fuqarolarini piyoda harakatlanishlari uchun ochiq edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring