Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘ona Davlat soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Farg‘ona Davlat soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Nasimjanov Yunusjon Zohidovich Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Y.Nasimjanov 1967-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1991-yili Toshkent davlat texnika universitetini, 1997-yili Toshkent moliya institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1993-yilda Toshkent shahar Sirg‘ali tumani davlat soliq inspeksiyasida Davlat korxonalariga soliq solish bo‘limi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hamda Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasida turli rahbar lavozimlarida ishlagan.

Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangunga qadar esa Davlat soliq qo‘mitasi Resurs soliqlari boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring