Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

E’tirozlarga sabab bo‘lgan Quvadagi beton to‘siqlar olib tashlandi (foto)

E’tirozlarga sabab bo‘lgan Quvadagi beton to‘siqlar olib tashlandi (foto)

Foto: «Uza»

Farg‘ona viloyatini Andijon viloyati bilan bog‘lovchi Quva-Asaka, Shahrixon-Quva, Marhamat-Quva yo‘li bugundan boshlab ochildi, deya xabar berdi Uza.

Karantin davrida beton to‘siqlar bilan yopib qo‘yilgan bu yo‘llar cheklovlar yumshatilgan bo‘lsa-da, ochilmay kelayotgan edi. Ortiqcha ovoragarchiliklar aholining e’tirozlariga sabab bo‘layotgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham mazkur mavzu ko‘tarilgan bo‘lib, viloyat hokimligi tomonidan yo‘llar ta’mirlanayotganligi bildirilgan.

Bugundan boshlab fuqarolar ushbu yo‘ldan hech bir cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring